AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yangi prezident tanlash vaqti kelganini aytgan edi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida bunga munosabat bildirdi.
“Prezident Zelenskiy xalqimizni urush davrida — mustaqillik, erkinlik va qadr-qimmat yo‘lidagi urushda boshqarib kelmoqda. Uni Ukraina xalqi qo‘llab-quvvatlamoqda va qaror qabul qilish huquqi ham aynan xalqqa tegishli. Xorijdan bildirilayotgan bayonotlar uning o‘z ishini yaxshi bajarayotganini tasdiqlaydi, xolos. U qo‘llab-quvvatlovga munosibdir”, deb yozdi Sibiga.
15—16 oktyabr kunlari Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi. Andrey Sibiga kelasi hafta Moskvaga bosimni yanada kuchaytirish haftasi bo‘lishini ma’lum qilgan. Trampning Ukrainaga yangi prezident tanlash haqidagi bayonoti Zelenskiyning tanqidi ortidan yangradi. Amerikalik milliarder Ilon Mask ham buni qo‘llab-quvvatladi.
Axios portaliga ko‘ra, AQSh prezidenti Zelenskiyga Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatish haqida bir necha bor iltimos qilgan. Natijada ijobiy javob olmagani uchun Rossiya bilan bitim tuzishga qaror qilgan.