Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tolibon Tojikistonga hududiy da’vo qilmoqda

Tolibon Tojikistonga hududiy da’vo qilmoqda

Yaqinda internetda Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi hududida tasvirga olingan video tarqaldi. Unda tojikistonlik chegarachilar afg‘onistonlik toliblar vakillaridan harbiy texnikani chegaradan uzoqlashtirishni talab qilayotgani aks etgan.

Chegarachilar toliblar Tojikiston hududiga kirib kelganini bildirib, chegarani himoya qilish uchun kuch ishlatishga tayyor ekanliklarini ta’kidlagan. Afg‘oniston vakillari esa, o‘z navbatida, Tojikiston tomonini Afg‘oniston hududiga kirib kelishda ayblagan.

«Aslida, shu yo‘l bilan toliblar Tojikistonga nisbatan hududiy da’vo bildirmoqda.

Tojikiston chegarachilarining toliblar hududni tark etmasa, qurol ishlatishga tayyorligini bildirishi chegara chizig‘ida jiddiy keskinlik mavjudligini va Tojikiston kuch tuzilmalari bilan Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuzaga kelishi ehtimoli borligini ko‘rsatadi», — dedi rossiyalik afg‘onshunos ekspert Andrey Serenko.

Kiritildi: 15:13 11.10.2026. O'qildi: 1156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!