Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Sobiq Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi 200 million dollarni o‘zlashtirgan

Sobiq Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi 200 million dollarni o‘zlashtirgan

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Devid Rash davlat mablag‘laridan qariyb 200 million dollarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganini tan oldi. Uning uyidan tintuv vaqtida 298 ta oltin quymasi topilgan.

49 yoshli Rash soxta shartnomalar va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar orqali noqonuniy daromad orttirgan. U o‘zlashtirilgan pullarga Florida janubidan qimmatbaho uy-joylar sotib olgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rash 2025 yil noyabridan 2026 yil martigacha xizmat xarajatlari bahonasida katta miqdordagi xorijiy valyuta va o‘nlab million dollarlik oltin quymalarini talab qilgan.

Shuningdek, u xorijiy davlat vakiliga maxfiy ma’lumotlarni uzatganini ham tan olgan. Prokurorlar bu holat AQSh milliy xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini bildirgan.

Kelishuvga ko‘ra, Rash davlatga yetkazilgan zararni qoplashi hamda jinoyat bilan bog‘liq ko‘chmas mulk, avtomobillar, soatlar va boshqa mol-mulklarini topshirishi kerak.

Kiritildi: 19:00 11.10.2026. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!