AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan kelishuvni ikki yil oldin tuzganida, Ukraina hozir ancha qulayroq vaziyatda bo‘lar edi.
“Menimcha, Rossiya kelishuv tuzishni xohlaydi. Biz bu masalani bir necha bor muhokama qildik. Ammo qandaydir sabablarga ko‘ra, Zelenskiy kelishuv tuzishni istamayapti. Kuchlar nisbatiga qaraydigan bo‘lsak, bir tomondagi askarlar soni ikkinchi tomondagidan millionlab ko‘p. Menimcha, u ikki yil oldin kelishuv tuzganida, bu oqilona qaror bo‘lardi. O‘shanda u ancha yaxshi shartlarga erishishi mumkin edi”, — dedi Tramp.
Shuningdek, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin mojaroni hal qilishni juda xohlayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya jahon bozoriga katta miqdorda neft yetkazib bermoqda va uni juda arzon narxda sotmoqda.