Eron agar Qo‘shma Shtatlar Eron ko‘priklari va energetika inshootlariga hujum qilsa, Yaqin Sharqdagi muhim infratuzilmaga zarba berish bilan tahdid qildi.
Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi harbiy manbaga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar Vashington Erondagi shunga o‘xshash inshootlarga hujum qilsa, Tehron Qo‘shma Shtatlar bilan bog‘liq fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, ko‘priklar va energetika inshootlariga qarshi javob qaytaradi.
"Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan suverenitetni amalga oshirish uchun temir irodaga ega va uning Eron uchun tahdidga aylanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi", dedi manba.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Truth Social ijtimoiy media sahifasida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga hujum qilganda Qo‘shma Shtatlar Eron ko‘priklari va elektr stansiyalariga zarba berishini aytgan edi.