Davlat departamenti bayonotida mablag‘lar AQSh va Kolumbiya o‘rtasidagi «yangilangan sheriklik» doirasida ajratilishi aytilgan.
48 yoshli de la Espriella Kolumbiya iqtisodiyotini tiklash va jinoyatchilikka qarshi qat’iy choralar ko‘rishga va’da bergan. AQSh prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi davrida uni ochiq qo‘llab-quvvatlagan.
De la Espriella Kolumbiya prezidenti lavozimida Gustavo Petroning o‘rnini egalladi. Petro mamlakatni boshqargan birinchi sosialist prezident edi.
AQSh va Kolumbiya munosabatlari avvaldan keskinlashgan edi. Tramp Kolumbiya hukumati narkotrafikka qarshi kurashni samarasiz olib borayotganini tanqid qilgan va hatto harbiy operasiya ehtimolini istisno qilmagan. Petro esa AQSh prezidentining bunday bayonotlarini Kolumbiya uchun «real tahdid» deb atagan.