Buxoroda qiymati 300 million dollarga baholangan yangi xalqaro aeroport qurilishi davom etmoqda. Prezident mazkur ob’ektni Mustaqillik bayramiga qadar foydalanishga topshirish vazifasini qo‘ydi.
Xalqaro talablar asosida barpo etilayotgan aeroport bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyot va 1200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha doirasida aeroportni Buxoro shahri bilan bog‘laydigan transport infratuzilmasi ham yangilanmoqda. Xususan, 24 kilometrlik avtomobil yo‘li hamda avtobuslar uchun 5,5 kilometrlik maxsus BRT yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbari yangi aeroport bilan birga unga olib boruvchi avtomobil yo‘lining ham Mustaqillik bayramigacha tayyor bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.