Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

DXX yuqori martabali mulozimlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi

DXX yuqori martabali mulozimlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi



Bosh prokuraturaning Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan tergov qilingan DXX raisining o‘rinbosari G‘ayratilla Yoziyevga oid jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga yuborildi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi doirasida Xizmatning bir qator yuqori martabali mulozimlari korrupsiyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.

«Jinoyat baribir jazosiz qolmaydi», — deya ta’kidlaydi Inson huquqlari bo‘yicha faol, “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov.

Uning aytishicha, ushbu ishdagi ayrim shaxslar avval uning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lgan. Biroq u ularga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Shuningdek, muallif harbiy sud sudyalarini ishni ko‘rishda qonuniylik, insonparvarlik va gumanizm tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqirgan.

Zobitlarga oid jinoyat ishi yopiq sud majlislarida ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 18:35 02.11.2026. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!