Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zarbdor tumani hokimi bog‘cha mudirasi o‘limi ortidan ishdan olindi

Zarbdor tumani hokimi bog‘cha mudirasi o‘limi ortidan ishdan olindi

Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi Bekzod Toshpo‘latov bog‘cha mudirasi o‘ldirilishi ortidan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” nashri o‘zi manbasiga asoslanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Toshpo‘latov 31 oktyabr kuni vazifasidan ozod etilgan. Mazkur qaror tumandagi bog‘chalardan biri mudirasining o‘ldirilishi ortidan qabul qilingan. Hodisa yuzasidan tarqalgan ma’lumotlarda sobiq hokimning nomi ham tilga olingan, biroq uning voqeaga aloqadorligi haqida rasmiy xulosa e’lon qilinmagan.

Tuman hokimligi matbuot kotibi O‘ktam Sulaymonov hokimning ishdan olinganini tasdiqladi.

Tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Erjigitov zimmasiga yuklatilgan.

Bekzod Toshpo‘latov 2025 yil 17 yanvardan buyon Zarbdor tumaniga rahbarlik qilayotgandi.

Kiritildi: Bugun 11:16. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!