Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "AQShda mendan bezor bo‘lishsa, Isroilga ko‘chib o‘taman"

Tramp: "AQShda mendan bezor bo‘lishsa, Isroilga ko‘chib o‘taman"

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklar uni qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtasa, siyosiy faoliyatini Isroilda davom ettirishi mumkinligi haqida hazil qildi.

3 noyabr kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida u Isroil aholisi orasida juda katta obro‘ga ega ekanini ta’kidladi.

"Agar AQShda odamlar qachondir mendan charchashsa, Isroilga ko‘chib o‘taman va bosh vazir bo‘laman. U yerda mening reytingim 99 foiz", — dedi Tramp.

AQSh rahbari Isroil bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, mamlakatdagi mashhurligiga yuqori baho berdi.

Biroq Tramp keltirgan 99 foizlik reytingni tasdiqlovchi ishonchli so‘rov natijalari taqdim etilmagan.

Kiritildi: 23:41 03.11.2026. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!