Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva hozircha rasmiy taklif olmaganligini, biroq bu masala Qozog‘iston bilan bo‘lajak aloqalar chog‘ida muhokama qilinishi mumkinligini aytdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkiy davlatlar tashkilotining Anqaradagi sammitida Rossiyani mazkur tuzilma tarkibiga kiritishni taklif qilgandi.
Qozog‘iston prezidenti Rossiya asrlar mobaynida turk dunyosi bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lganini va ushbu davlat qo‘shilishi tashkilot nufuzini ko‘tarishini qayd etgandi.