Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

IIB «Imarat Development» bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

IIB «Imarat Development» bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Sergeli tumanidagi Buyuk avlod shoh ko‘chasida ofisi joylashgan «Imarat Development» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) faoliyati yuzasidan bir necha fuqaro tomonidan ishonchsizlik bildirilib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida quyidagilar aniqlangan.

«Imarat Development» MCHJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joy binolari Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani hududida joylashgan. Ushbu turar joylar Toshkent viloyati hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar norozilik bildirib, xonadonlar uchun amalga oshirgan to‘lovlarini qaytarishni so‘rab, MCHJ rahbariyatiga murojaat qilishgan, biroq to‘lovlar qaytarilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik»), 192 prim.11-moddasi («Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari Toshkent shahar IIBB boshlig‘i hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!