Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Sumkasini o‘g‘irlagan shaxsni quvgan turist qamoq jazosiga hukm qilindi

Sumkasini o‘g‘irlagan shaxsni quvgan turist qamoq jazosiga hukm qilindi

Avstraliyada o‘g‘irlik qurboni bo‘lgan singapurlik sayyohning o‘zi qamoq jazosiga hukm qilindi. U sumkasini olib qochgan shaxsni avtomobil bilan urgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hodisa sayyoh ijaraga olgan mashinadan sumkasi o‘g‘irlanganidan keyin boshlangan.

Jabrlanuvchi o‘g‘rini to‘xtatish maqsadida uni avtomobilda ta’qib qilgan va quvib yetgach, mashinasi bilan urib yuborgan.

Mazkur harakati uchun singapurlik turist sud tomonidan aybdor deb topilib, 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Kiritildi: 23:50 03.11.2026. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!