Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu ten Xagning tanqidiga keskin javob qaytardi

Ronaldu ten Xagning tanqidiga keskin javob qaytardi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xagning navbatdagi tanqidiga munosabat bildirdi.

Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq Ronaldu "Yuventus"dan ketganidan so‘ng yuqori saviyadagi futbolchi maqomiga mos kelmay qolganini ta’kidlagandi.

Jurnalist Pirs Morgan Football Uncensored dasturining yangi sonida portugaliyalik yulduzdan ten Xagning so‘zlariga javob berishni so‘raganini ma’lum qildi.

"Menimcha, u haqda gapirish uchun so‘z sarflashning hojati yo‘q", — deya Ronalduning javobini keltirdi Morgan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to‘p surmoqda. 41 yoshli hujumchi joriy mavsum 12 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:56 03.11.2026. O'qildi: 1474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!