Men ko‘plab odamlar halok bo‘lishini xohlamayman, lekin vaziyat taqazo etsa, shunday bo‘lishi mumkin — Tramp Eron bilan urushning davom etishi haqida
AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Eron bilan urush katta urush emas edi. Bilasizmi, bu aslida urush ham emas. Ularda yadro quroli bor edi. Eronliklar undan foydalanishga tayyor edi. Agar biz zarba bermaganimizda, Eron ikki hafta ichida yadro qurolini qo‘lga kiritgan bo‘lardi;
◾️ Eron ulkan havo hujumidan mudofaa ob’ektini qurdi. Bunga ular taxminan ikki oy sarfladi. Biz uning qanday qurilayotganini kuzatib turdik. Qurib bitkazilishi bilanoq, biz unga aniq zarba berdik;
◾️ Eron juda jiddiy raqib. Yaqin Sharqda Erondan nima uchun qo‘rqishganini tushunaman.