Surxondaryo viloyati Boysun tumanida neft aralash suyuqlik daryoga oqib ketishi ortidan zarar miqdori aniqlandi.
Kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida 1,2 tonna neft mahsuloti “Xongaronsoy”ga tushib ketgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar uchun 8,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensasiya to‘lovi belgilangan.
Hozirda holat bartaraf etilgan, suv tozalangan.
⚖️ Barcha materiallar yakunda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga taqdim etiladi.