Adliya vazirligi O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestasiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026 y).
✅ Unga ko‘ra, yakuniy attestasiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.
⏳ Yakuniy attestasiya sinovlarini 3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestasiyani topshirish huquqi beriladi.
🗒 Yakuniy attestasiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyasiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyasiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi.
⛔️ Shuningdek, apellyasiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.