Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

63 million so‘mlik aliment puli oldindan to‘landi — qarzdor ota chetga chiqish huquqini qayta tikladi

63 million so‘mlik aliment puli oldindan to‘landi — qarzdor ota chetga chiqish huquqini qayta tikladi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor ota besh yillik aliment pulini oldindan to‘ladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining joriy yil 5 aprel kungi ijro hujjatiga asosan undiruvchi I.G.ning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor B.R.ning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning nomidagi avtomashinaga taqiq belgilanib, uning chetga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatildi. Bundan xabar topgan ota bo‘limga kelib, yaqin orada chet elga chiqishi kerakligini va chetga chiqishning yo‘llarini so‘ragan.

Shunda bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor otaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabr kungi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida hisoblab chiqilgan besh yillik aliment puli oldindan to‘lansa, chetga chiqishga o‘rnatilgan cheklov vaqtinchalik bekor qilinishi haqida tushuncha berildi.

Shunda so‘ng qarzdor joriy yilning 5 may kuni Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga kelib, besh yilga hisoblangan 63 million so‘mdan ortiq aliment pulini undiruvchi I.G.ga oldindan to‘lab berdi.

Kiritildi: 19:18 06.05.2025. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!