25 sentyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati yana biroz pasayadi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
"O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Poytaxtda kechasi harorat 14-16 daraja, kunduzi esa 26-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent viloyati, shuningdek Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi prognoz qilingan. Farg‘ona vodiysida kunduzgi harorat 23-28 darajani tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu hududlarda kunduzi havo 25-30 darajagacha isiydi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yomg‘ir kutilmaydi. Janubiy hududlarda kunduzgi harorat 28-33 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ob-havo ancha salqin bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi, baland tog‘larda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 15-20 darajani tashkil etadi.
Shamol aksariyat hududlarda sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Tog‘li joylarda uning tezligi ayrim paytlarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.