Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

EI Kiyevga yangi moliyaviy yordam ajratish oldidan shart qo‘ydi

EI Kiyevga yangi moliyaviy yordam ajratish oldidan shart qo‘ydi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga yangi byudjet mablag‘larini ajratishdan oldin yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq tushumlarini oshirish va mamlakat qonunchiligini YEI me’yorlariga yaqinlashtirish bo‘yicha siljishni ko‘rmoqchi. Bu haqda "Bloomberg" manbasiga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Vladimir Zelenskiyning Nyu-Yorkdagi uchrashuvi keskin kechgan.

Ukraina tomoni qishda vaziyat keskinlashishi mumkinligi va shaharlarni himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa vositalari yetishmasligidan xavotir bildirgan.

Fon der Lyayen uchrashuvdan so‘ng qo‘shimcha byudjet yordami Oliy Radadagi islohotlar siljishiga bog‘liq bo‘lishini bildirdi.

"Bloomberg"ning yozishicha, Kiyev ittifoqchilaridan taxminan 26 milliard yevrolik qo‘shimcha byudjet taqchilligini qoplashda yordam so‘ramoqda. Bryussel esa mablag‘ ehtiyoji bo‘yicha Ukraina keltirgan ayrim hisob-kitoblarga e’tiroz bildirgan.

Shu bilan birga, Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan qish uchun "Patriot" havo hujumidan mudofaa raketalari paketini hamda Ukrainada ularni ishlab chiqarish uchun lisenziya so‘raganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:59 23.09.2026. O'qildi: 3188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!