Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Istanbulda o‘zbekistonlik Mohirano Meliyeva uy sharoitida davolanishdan so‘ng vafot etdi.

Istanbulda o‘zbekistonlik Mohirano Meliyeva uy sharoitida davolanishdan so‘ng vafot etdi.

2026 yil 19-sentabr kuni Istanbul shahrida farmasevtik vositadan zaharlanish oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Meliyeva Mohirano vafot etdi.

Vatandoshimiz kasallik davrida uy sharoitida norasmiy shifokorlar ko‘magida davolangan. Davolanish jarayonida qabul qilingan dori vositalarining nojo‘ya ta’siri natijasida bemorning ahvoli og‘irlashib, qonida infeksiya rivojlangan hamda organizmida kuchli reaksiya kuzatilgan. Shunga qaramay, u o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilmagan va uy sharoitida davolash davom ettirilgan.

Bemorning ahvoli jiddiy tus olgach, u dastlab Marmara shifoxonasiga olib borilgan. Mazkur tibbiyot muassasasida bemorni jonlantirish bo‘limiga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagani sababli u Kartal tuman shifoxonasiga ko‘chirilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramay, vatandoshimizning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Marhumaning jasadi Bosh konsulxona hamda O‘zbekiston Respublikasi Migrasiya agentligi hamkorligida O‘zbekistonga qaytarildi.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona Turkiya hududida bo‘lib turgan vatandoshlarimizni o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashishga chaqiradi. Dori vositalarini qo‘llaniladigan preparatlarni shifokor tavsiyasisiz qabul qilmaslik, norasmiy va tegishli malakaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan davolanishdan saqlanish tavsiya etiladi. Sog‘liq holati keskin yomonlashgan taqdirda esa vaqtni boy bermasdan rasmiy tibbiyot muassasalariga murojaat qilish zarur.

Bosh konsulxona marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Kiritildi: 23:00 23.09.2026. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!