Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketdi

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketdi

Hodisa 24 sentyabr kuni Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida o‘quv-jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida sodir bo‘lgan. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda holatga ob-havoning keskin yomonlashuvi va shamolning kuchayishi sabab bo‘lgan.

Voqeada to‘qqiz nafari halok bo‘ldi, uch nafari qutqarildi. Qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Qidiruv-qutqaruv operasiyasida Harbiy-dengiz kuchlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aviasiya va boshqa xizmatlar ishtirok etmoqda.

Mudofaa vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, harbiy xizmatchilarning oilalariga zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Qozog‘istonda harbiy xizmatchilar o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tezkor-tergov guruhi tuzildi.

Kiritildi: Bugun 15:18. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!