Turkiya Superligasining 6-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Genchlerbirligi"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbonlar 9-daqiqada Andreas Skov Olsenning goli bilan hisobni ochdi. 33-daqiqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov jamoasining ikkinchi golini urdi.
53-daqiqada Davi Zelke penaltini aniq amalga oshirdi. 65-daqiqada esa Shomurodov yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, Eldor "Bashakshehir"ning yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Shomurodov 77-daqiqada almashtirildi. Uning o‘rniga maydonga boshqa bir futbolchi tushgan bo‘lsa, xuddi shu daqiqada Abbosbek Fayzullayev ham Ivan Brnich o‘rniga o‘yinga qo‘shildi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Bashakshehir" ochkolari sonini 7 taga yetkazib, Turkiya Superligasi turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarildi. "Genchlerbirligi" ham 7 ochkoda qoldi va 13-pog‘onada joylashdi.
"Istanbul Bashakshehir" — "Genchlerbirligi" — 4:0
Gollar: Andreas Skov Olsen, 9 — 1:0; Eldor Shomurodov, 33 — 2:0; Davi Zelke, 53, penalti — 3:0; Eldor Shomurodov, 65 — 4:0.