Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Namangandagi bog‘chada ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizani zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi

Namangandagi bog‘chada ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizani zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi

Manbalarga ko‘ra gumonlanuvchi prosessual tartibda darhol ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanganini ma’lum qildi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holatni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati va Bolalar ombudsmani vakili tasdiqladi.
Qayd etilishicha, bolaga qarshi sodir etilgan mazkur jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan 12-sentyabr kuni ish ochilgan.

Shu kunning o‘zida gumonlanuvchi K.M. prosessual tartibda darhol ushlangan bo‘lib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Bolalar ombudsmani axborotida.
Gumonlanuvchiga nisbatan
Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) va 112-moddasi 1-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Bolalar ombudsmani mazkur ish yurituvida vakolatlari doirasida jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi bo‘yicha o‘z kuzatuvini olib bormoqda.



«Daryo» manbasi gumonlanuvchi prosessual tartibda darhol ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanganini ma’lum qildi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!