Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Putinning safdoshi, Shimoliy Koreya rahbari, Rossiya armiyasining zaif nuqtalarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z qo‘shinlarini Rossiyaga yubordi"

"Putinning safdoshi, Shimoliy Koreya rahbari, Rossiya armiyasining zaif nuqtalarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z qo‘shinlarini Rossiyaga yubordi"

"Shimoliy koreyaliklar ham katta yo‘qotishlarga uchradi. Pxenyanda o‘tkazilgan halok bo‘lganlarni xotirlash tadbirini ko‘rgandirsiz, bu shunchaki telbalik. Nega koreyslar Ukrainaga qarshi urushda o‘z jonlarini berishlari kerak?

Kim Chen In ulardan valyuta kabi foydalanadi va evaziga Moskvadan nimanidir oladi. Shimoliy Koreyaning qo‘shnilari va Osiyo davlatlari buni uning takomillashtirilgan ballistik raketalari hamda Pxenyanning dronlar borasidagi ancha ortgan imkoniyatlarini ko‘rinishida allaqachon payqagan bo‘lsa kerak", — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy yaqinda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirni Koreya Respublikasiga yuborganini ham aytib o‘tdi.

"Bu yigitlarni tiriklayin asirga olish oson emas. Ulardan biri asirga olinishini anglagach, o‘z joniga qasd qilishga urindi va taqdir unga o‘lishga yo‘l qo‘ymaganidan hayratda qoldi. Shimolda odamlarni shunday tarbiyalashadi. Bu real holat. Ularning tanlash huquqini tortib olishadi va nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘lishlari shartligini ongiga singdirishadi", — dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: Bugun 08:59. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!