Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi”

“Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi”

O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi shaxmat Olimpiadasida Xitoy jamoasini 3:1 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi sardori Rustam Qosimjonov Xitoy bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Menimcha, bugungi tur eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. Bunday qiyin o‘yin bunchalik silliq o‘tishini kutmagan edim. Bizda hech bir o‘yinda vaziyat og‘ir kechmadi. Yigitlar hamma narsani nazorat ostida ushlab turishdi. Bu juda ajoyib o‘yin bo‘ldi", dedi Qosimjonov.

Shu bilan birga, jamoa sardori hali oldinda murakkab turlar borligini va hali yana "biroz ishlash" kerakligini aytib o‘tdi.

Kiritildi: 22:30 23.09.2026. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!