19 sentyabr kuni soat 9:55 larda "Namangan" YPX maskanida YHXXning Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy–Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan "Nexia-2" rusumli avtomobil to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan N.U.ning xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Xolis va guvohlar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida uning og‘iz bo‘shlig‘ida sellofanga o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli “gashish” giyohvandlik moddasiga hamda oq rangli kukunsimon “mefedron” moddasiga o‘xshash vositalar borligi aniqlangan.
Aniqlangan moddalar hamda avtomobilda bo‘lgan fuqarolar Pop tumani IIBga topshirilgan.