Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda ochiq maydonda yong‘in chiqdi

Toshkentda ochiq maydonda yong‘in chiqdi

Bugun, 24 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochiq maydondagi quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, soat 12:33 da tumanning Farobiy ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:31 da o‘chirilgan.

Malumotlarga ko‘ra, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Kiritildi: 14:52 24.05.2025. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!