Rossiyada butun mamlakat bo‘ylab 5 qavatli yog‘och uylar quriladi.
Bu haqda Davlat Dumasining qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi qo‘mitasi rais o‘rinbosari Koshelev ma’lum qildi.
Hozirda bunday binolar yong‘in xavfsizligi talablariga javob bera oladimi-yo‘qmi, degan savol yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilyapti. Agar barchasi ijobiy yakun topsa, kelgusida butun Rossiya bo‘ylab shunday turarjoylar qurilishi kutilmoqda.
Loyiha ekologik qurilishni rivojlantirish hamda arzon uy-joy masalasini hal qilishga qaratilgan.