Kiyev viloyatida rossiyaliklar tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Kiyev viloyat harbiy ma’muriyati.
Ukraina Favqulodda holatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Xmelniskiy viloyatida to‘rt kishi halok bo‘lgani va besh kishi yaralangani haqida xabar berilgan. Nikolayev viloyatiga zarbalar vaqtuda bir kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohat olgan.
Bundan tashqari, Rossiya raketa va dronlar orqali Odessa, Xarkov, Chernigov, Ternopol, Sumi, Dnepropetrovsk, Jitomir va Cherkassi viloyatlariga ham zarbalar bergan.