Chechenistonning "Axmat" maxsus kuchlari qo‘mondoni Apti Alaudinov Ukrainadagi urushda qatnashayotgan jangchilar haqida bayonot berdi. RIA Novosti nashriga bergan intervyusida u ukrainaliklarning ko‘pchiligi jang maydoniga majburiy safarbarlik natijasida kelayotganini ta’kidlab, ularga nisbatan muloyim yondashishni muhim deb hisoblashini bildirdi.
"Ukrainaliklar - aksariyat hollarda jang maydoniga majburan olib kelinadi. Shuning uchun biz ularga asirga tushib tirik qolishga imkon beramiz. Men buni o‘z jangchilarimga har doim tayinlayman.
Lekin, aslida nima bo‘layotganini tushunmay, fashistlar va shayton tarafida turib "ruslarni o‘ldirish maqsadida" bu yerga kelgan xorijliklar — yo‘q qilinishi kerak. Ayniqsa Rossiya hududiga bostirib kirganlari", - dedi dedi Alaudinov RIA Novostiga.