Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina delegasiyasi Istanbuldagi muzokaralarda ukrain tilida gapirgani yolg‘on — Zaxarova

Ukraina delegasiyasi Istanbuldagi muzokaralarda ukrain tilida gapirgani yolg‘on — Zaxarova

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina delegasiyasi ukrain va ingliz tillarida gapirgani haqidagi gapni yolg‘on deb aytdi.

Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Kislisa "Ukraina delegasiyasi Turkiyadagi muzokaralarda ukrain va ingliz tillarida gaplashib, ruslar bilan tarjimon orqali muloqot qilgani"ni aytdi.

“Har doimgidek yolg‘on. Kirish matni ingliz tilida o‘qib eshittirildi. Keyin rus tiliga o‘tildi" — deb yozdi Zaxarova Telegram-kanalida.

Istanbulda 16 may kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari qariyb ikki soat davom etdi. Rossiya delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy Ukraina bilan keng ko‘lamli 1000 ga 1000 asir almashinuvini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev kelajakda ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishga kelishib olgan

Ukraina tomoni muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlarining uchrashuvini so‘radi, Rossiya Federasiyasi buni inobatga oldi. Medinskiy, shuningdek, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini aytdi.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!