Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya harbiylari yana uchta aholi punktini ozod qildi

Rossiya harbiylari yana uchta aholi punktini ozod qildi

Rossiya harbiylari maxsus operasiya zonasidagi uchta aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

“Qat’iy harakatlar natijasida “Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasidagi Otradnoye aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.

“Janubiy” qo‘shinlar guruhi jangchilari DXRdagi Stupochki aholi punktini ozod qilishdi.

Rossiya harbiylari Sumi viloyatida ham oldinga siljishdi.

“Muvaffaqiyatli harakatlar natijasida “Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Loknya aholi punktini ozod qildi”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, bugun tunda qurolli kuchlar Ukraina harbiy-sanoat kompleksining raketa qurollari va hujumchi uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqaradigan korxonasiga, radiotexnik razvedka markaziga va AQShda ishlab chiqarilgan “Patriot” zenit raketa majmuasi pozisiyasiga yuqori aniqlikdagi quruqlikdagi qurollar va uchuvchisiz samolyotlar bilan guruhli zarba berdi.

Mudofaa vazirligi zarbaning maqsadlariga erishilganini va barcha belgilangan nishonlarga zarba berilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:17 25.05.2025. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!