Xitoy Rossiyani qurollantirmoqda. Ukraina razvedkasi 20 ta harbiy zavodga yetkazib berilishni aniqladi.
Xitoy Rossiyaga harbiy korxonalar uchun uskunalar, porox va maxsus kimyoviy moddalarni muntazam ravishda yetkazib bermoqda. Rossiya dronlari uchun zarur elektronikaning 80 foizi Xitoy ishlab chiqargan mahsulotlardir.
Ukraina Tashqi razvedka xizmati Rossiyaning 20 ta zavodi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega. 2024-2025 yillar mobaynida Rossiya va Xitoy o‘rtasida aviasiya sohasidagi hamkorlikning kamida 5 ta holati qayd etilgan. Yetkazib berishlar sanksiyalardan qochish maqsadida vositachi firmalar orqali va nomlarni o‘zgartirib amalga oshirilmoqda.