Putinning vertolyoti Ukrainaning Kursk viloyatiga dronlar hujumi markazida bo‘lgan.
Bu haqda Rossiya armiyasi havo mudofaasi diviziyasi qo‘mondoni Yuriy Dashkin ma’lum qildi. Ushbu voqea aniq qaysi sanada sodir bo‘lgani aytilmagan, ammo Dashkinning ta’kidlashicha, 20 maydan 22 maygacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan.
"Prezident Kursk viloyatiga tashrif buyurgan paytda dushman tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan misli ko‘rilmagan hujum boshlandi. Oliy bosh qo‘mondon vertolyoti Kursk viloyati hududidan uchib o‘tayotgan paytda hujumning shiddati keskin oshdi. Shu sababli biz bir vaqtning o‘zida havo mudofaasi jangini olib bordik va prezident vertolyotining xavfsiz uchib o‘tishini ta’minladik. Vazifa muvaffaqiyatli bajarildi, dushman dronlari hujumi qaytarildi", — dedi harbiylardan biri.
Dashkinning so‘zlariga ko‘ra, hujumni qaytarish jarayonida 46 ta dron urib tushirilgan.
Moskva va Kiyev hozircha bu xabarga hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.