Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi rais o‘rinbosari Dmitriy Medvedev "bufer hudud" Ukrainaning deyarli butun yerini egallashi mumkinligini bildirdi.
Medvedev X ijtimoiy tarmog‘ida Ukrainaning deyarli butun hududi "bufer zona" sifatida belgilangan videoni e’lon qildi. U videoga "Agar banderachilar tuzumiga harbiy yordam davom etsa, bufer hudud mana shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin," degan izoh qo‘shdi.
Video Medvedevning ingliz tilidagi telegram-kanalida paydo bo‘ldi. Taqdim etilgan kadrlarda "bufer hudud" - qizil rang bilan belgilangan - g‘arbdagi kichik maydonni hisobga olmaganda, Ukrainaning katta qismini qamrab oladi. Ukraina hududi ko‘k rangda, Rossiya hududi esa yashil rangda ko‘rsatilgan.
May oyi oxirida Rossiya prezidenti rossiyalik harbiylar Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarini himoya qilish uchun "zarur bufer hudud" yaratish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.