Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Gruziyada Rossiya bayrog‘i haqoratlandi. Zaxarovaning munosabati

Gruziyada Rossiya bayrog‘i haqoratlandi. Zaxarovaning munosabati

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova gruziyalik qo‘shiqchining Rossiya bayrog‘ini haqoratlashi bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi. Erekle Getsadzening harakatlariga Rossiya huquq-tartibot organlari baho beradi, dedi Zaxarova.

"Bayroq, qanday telba unga nima qilmasin, baribir bayroqligicha qoladi," - deya yozdi diplomatik idora vakili o‘zining Telegram kanalida.

Zaxarova aynan gruziyalik Meliton Kantariya serjant Mixail Yegorov bilan birgalikda Reyxstag binosi tomiga G‘alaba bayrog‘ini o‘rnatganini eslatib o‘tdi.

Hodisa Tbilisidagi musiqa festivalida yuz bergan, deb xabar qildi RT telekanali. Erekle Getsadze chiqishi paytida Rossiya bayrog‘ini axlat qutisiga tashladi, so‘ngra unga siyayotgandek taqlid qildi.

Kiritildi: 21:27 25.05.2025. O'qildi: 4059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!