Kiyevda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh Prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff hamda uning kuyovi Jared Kushner o‘rtasida to‘rt soatlik uchrashuv yakunlandi.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Ukraina rahbari hazil bilan amerikalik delegatlar "ukrainaliklar juda muhtoj bo‘lgan Patriot tizimlaridan ham yaxshiroq ishlaganini" aytdi.
"Shu bilan birga, AQSh prezidentlari vakillarining bugungi tashrifining yana bir muhim ahamiyati shundaki, ularning bu yerda bo‘lishi tufayli Kiyevga zarba berilmayapti", deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina Prezidenti muzokaralarning asosiy muvaffaqiyati uning uchun mamlakatning havo mudofaasini mustahkamlash bilan bog‘liq natijalar bo‘lganini ta’kidladi.
"Shu bilan birga, AQSh prezidentlari vakillarining bugungi tashrifining yana bir muhim ahamiyati shundaki, ularning bu yerda bo‘lishi tufayli Kiyevga zarba berilmayapti", deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina Prezidenti muzokaralarning asosiy muvaffaqiyati mamlakatning havo mudofaasini mustahkamlash bilan bog‘liq natijalar bo‘lganini ta’kidladi.
“2027 yilda Qo‘shma Shtatlar Patriot havo mudofaasi tizimi uchun raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Ukraina raketaga qarshi qurollar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga umid qilmoqda. Amerika tomoni kelasi yili Patriot uchun ballistik raketalarga qarshi raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Biz urush har qanday holatda ham tugashiga ishonamiz, ammo bizga ular baribir kerak bo‘ladi. Biz davlatimizni himoya qilish uchun bunday tizimlarga umid bog‘laymiz. Shuning uchun biz kelasi yili ishlab chiqarishni ko‘paytiramiz. Men bunga to‘liq ishonaman”, deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.