Bu haqda davlat rahbari Telegram’da ma’lum qildi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, eng muhimi — diplomatiyani amalga oshirish uchun faol va birgalikda ishlashni davom ettirish.
«Amerika prezidenti vakillari bilan Kiyevda o‘tkazgan uchrashuvlarimiz yakunlari bo‘yicha muzokaralar guruhi bilan yig‘ilish o‘tkazdik. Uch bosqichda muzokaralar olib bordik. Biz bilan birga YE3 — Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya vakillari ham ishtirok etdi. Kecha kun yakuni bo‘yicha Stiv va Jared bilan alohida, yuzma-yuz suhbatlashdim. Eng muhimi — diplomatiya amalga oshishi uchun faol va birgalikda ishlashni davom ettirish», — deb yozdi Zelenskiy.