Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida oilaviy nizo ortidan ayol o‘ldirildi. Marhuma maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi bo‘lib ishlagan, ikki nafar farzandi bor edi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 29 oktyabr kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
⚖️ Qotillikda gumonlanib, ayolning turmush o‘rtog‘i ushlangan. U voqeadan keyin 102 raqamiga o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, hodisa haqida xabar bergan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.