Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Boltiqbo‘yi davlatlariga qarshi yadroviy qurol qo‘llashi mumkin, agarda...

Rossiya Boltiqbo‘yi davlatlariga qarshi yadroviy qurol qo‘llashi mumkin, agarda...

AQSh Yevropani himoya qilishdan voz kechsa, Rossiya Boltiqbo‘yi davlatlariga qarshi yadroviy qurol qo‘llashi mumkin.

Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Harvard University tadqiqotchisi Spenser Uorrenning Forbes nashriga bergan intervyusida aytishicha, agar AQSh NATOdan uzoqlasha boshlasa, Rossiya Litva, Latviya yoki Estoniyaga qarshi harbiy harakat boshlashga qaror qilishi mumkin.

Uning fikricha, Moskva bunday holatda NATO davlatlari birgalikda javob qaytara olmasligiga umid qiladi. Biroq oddiy qurollar bilan olib boriladigan urushda Rossiya AQShsiz ham birlashgan Yevropa kuchlariga qarshi mag‘lub bo‘lishi ehtimoli yuqori. Uorrenning ta’kidlashicha, aynan shunday mag‘lubiyat xavfi Rossiyani yadroviy quroldan foydalanishga undashi mumkin.

Kiritildi: Bugun 02:00. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!