Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Kannavaro iste’foga loyiq emas" — O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi

"Kannavaro iste’foga loyiq emas" — O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi

O‘zbekiston terma jamoasi va "Rubin" himoyachisi Jahongir O‘rozov milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning faoliyatiga yuqori baho berdi.

"Kannavaro inson sifatida juda mehribon. U futbolchilarga maydonda ham, uning tashqarisida ham yordam beradi. Ko‘pincha mashg‘ulotlardan keyin qolib, o‘yinchilar bilan individual ishlaydi.

Menga ham futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri sifatida juda ko‘p narsa o‘rgatdi. Jamoadoshlarimdan eshitishimcha, u shaxsiy muammolarda ham yordam berishga tayyor", — dedi O‘rozov.

Himoyachi Kannavaroning 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin tanqid qilinishiga ham munosabat bildirdi.

"Muxlislar ko‘proq narsa kutgani uchun tanqidlar tabiiy. Ammo Kannavaro iste’foga loyiq, degan fikrga qo‘shilmayman. O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqdi. Buning o‘zi katta yutuq. O‘ylaymanki, keyingi mundialda yaxshiroq ishtirok etamiz".

O‘rozov italiyalik mutaxassis Rossiya Premyer-ligasida ham muvaffaqiyat qozona olishiga ishonch bildirdi.

"Kannavaro ko‘plab futbolchilarni biladi, uning murabbiylar shtabi ham kuchli. Uning uslubi Rossiya chempionatiga mos keladi.

Albatta, uni "Rubin"da ko‘rishni istardim. O‘ylaymanki, Kannavaro jamoamizni chempion qila oladi. Axir "Rubin" boy tarixga ega klub", — dedi O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi.

Kiritildi: 23:55 29.10.2026. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!