«Yulduzlar yo‘li» filmida kapitan Jan-Lyuk Pikar, «Iks odamlar» filmlarida esa professor Charlz Ksavye rollari bilan tanilgan britaniyalik aktyor Patrik Styuart 86 yoshida vafot etdi.
The Hollywood Reporter xabar berishicha, bu haqda aktyorning matbuot kotibi Kelli Bush Novak ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Styuart Los-Anjelesdagi o‘z uyida Alsgeymer kasalligi va Levi tanachalari bilan bog‘liq demensiya bilan qisqa, ammo og‘ir kechgan kurashdan so‘ng vafot etgan.