Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Javohir Sindarov AQShdagi nufuzli shaxmat turniri g‘olibi bo‘ldi

Javohir Sindarov AQShdagi nufuzli shaxmat turniri g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQShning Sent-Luis shahrida tashkil etilgan "Clutch Chess: Champions Showdown" xalqaro turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Uch kun davom etgan musobaqada hamyurtimiz 20,5 ochko jamg‘arib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 19 ochko bilan ikkinchi, amerikalik Fabiano Karuana 16,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Hikaru Nakamura esa 12 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Sindarov chempionlik uchun 125 ming dollar asosiy mukofotga sazovor bo‘ldi. Partiyalardagi g‘alabalar va qo‘shimcha bonuslar bilan birga uning umumiy yutug‘i 168 ming dollarga yetdi.

Mazkur musobaqa Javohir Sindarov uchun jahon chempionligi bahsi oldidan so‘nggi rasmiy turnir bo‘ldi.

Endi u amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘radi. Jahon shaxmat toji uchun uchrashuv 24 noyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida boshlanadi.

Kiritildi: 11:18 30.10.2026. O'qildi: 2051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!