Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Estoniyada asfalt tugadi

Estoniyada asfalt tugadi

Estoniyada Shvesiya va Litvadan bitum yetkazib berish to‘xtatilgani sababli asfaltning keskin taqchilligi yuzaga keldi. Bu holat Tallin shahar hokimiyatini bir qator yo‘l ta’mirlash ishlaridan voz kechishga majbur qildi.

Estoniya davlat teleradiokompaniyasi ERR portali xabar berishicha, bu haqda mamlakat poytaxti Tallin shahar hokimi o‘rinbosari Kristian Yarvan ma’lum qilgan.

«Avvalo, yoqimsiz xabardan boshlayman: Estoniyada asfalt tugab qoldi. Hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, Shvesiya kompaniyasi yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qildi. Litva kompaniyasi esa bundan xursand bo‘lib, darhol narxlarni oshirdi, keyin esa uning zavodi ishdan chiqdi», — dedi u.

Yarvanning so‘zlariga ko‘ra, har ikki mamlakatdan bitum yetkazib berish to‘xtagani tufayli Estoniya korxonalari asfalt ishlab chiqarish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Shahar hokimiyati bu haqda Tallinda yo‘l qoplamalarini yotqizish bilan shug‘ullanuvchi ikki pudratchi tashkilotni allaqachon xabardor qilgan.

Shahar hokimi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, yuzaga kelgan vaziyat shahar ma’muriyatini yo‘llarni ta’mirlash rejalarini qayta ko‘rib chiqishga va qish mavsumiga mo‘ljallangan asfalt qoplamasini almashtirish bo‘yicha bir qator loyihalardan voz kechishga majbur qilgan.

«Ko‘chalar qazib tashlangan, ammo ularni qayta tiklash uchun asfalt yo‘q bo‘lgan vaziyatning yuzaga kelishini istamaymiz», — deya izoh bergan Yarvan.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!