"Barselona" vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda uchinchi o‘rinni egallaganidan qattiq xafa bo‘lgan.
Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi Londonga sovrinni qo‘lga kiritishiga ishongan holda borgan. U "el-klasiko"dan keyin do‘stlari bilan alohida reysda Angliya poytaxtiga yo‘l olgan.
Yamal g‘alabani nishonlash uchun Londondagi hashamatli restoranlardan birini tanlagan, biroq natijalar e’lon qilingach, rejasini bekor qilgan. Oqibatda u kechani oddiy tez tayyor bo‘ladigan taom iste’mol qilish bilan yakunlagan.
Shunga qaramay, futbolchining yaqinlari uning tez orada bu muvaffaqiyatsizlikni unutib, yana yuqori saviyada o‘ynashiga ishonmoqda.
Yamal joriy mavsumda "Barselona" safida 10 ta gol va 10 ta assist qayd etgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi uchun 4 ta gol urgan.
Endi u bor e’tiborini "Alaves", "Aston Villa" va "Atletiko"ga qarshi uchrashuvlarga qaratmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida esa Ispaniya terma jamoasi safida Angliyaga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.