Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgan haydovchilarga nisbatan avtomobilni vaqtincha olib qo‘yish yoki musodara qilish kabi choralarni joriy etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, soatiga 80 kmdan ortiq tezlik oshirish, noqonuniy poygalar tashkil etish, voyaga yetmaganlarga transport boshqarishga ruxsat berish va boshqa xavfli qoidabuzarliklar uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilgan. Qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.