2026—2027 o‘quv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul tartibi tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, davlat xizmati orqali qabul qilinadigan tuman va shaharlar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.
Arizalar my.gov.uz va my.maktab.uz orqali qabul qilinadi.
Qabul jarayoni 20 iyundan 31 iyulgacha biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1 avgustdan 31 avgustgacha esa mikrohududdan tashqari hududlar uchun amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, 1-sinfga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Shu sababli, 2026—2027 o‘quv yili uchun 2019 yil 31 dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.