Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yaman husiylari Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz qamali boshlanganini e’lon qildi

Yaman husiylari Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz qamali boshlanganini e’lon qildi


Bu haqda husiylar vakili o‘zining televizion murojaatida ma’lum qildi. Guruhning ta’kidlashicha, ushbu qamal Saudiya Arabistoni tomonidan o‘zlariga nisbatan qariyb 12 yildan beri davom etib kelayotgan adolatsiz va shafqatsiz qamalga javobdir.

O‘tgan haftada husiylar qirollikni o‘z nazorati ostidagi Sano aeroportni bombardimon qilishda ayblab, Saudiya Arabistoni hududiga raketa zarbalarini yo‘llagan edi. Shuningdek, husiylar Saudiya Arabistonini 2022 yildan buyon tomonlar o‘rtasida amalda bo‘lib kelgan norasmiy sulhni buzganlikda aybladi.

Husiylar dengiz blokadasini AQShning Eron bilan urushi va davlatlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning barbod bo‘lishi fonida e’lon qilishdi. Tehron husiylarni qo‘llab-quvvatlaydi. Saudiya Arabistoni esa Vashingtonning Yaqin Sharqdagi muhim ittifoqchilaridan biri hisoblanadi.

Tahlilchilarning fikricha, Eron Yamandagi ittifoqchisi bo‘lmish husiylarni Qizil dengizga kiraverishdagi Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini yopishga ko‘ndirgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Bob al-Mandeb tor dengiz bo‘g‘ozi bo‘lib, u Qizil dengizni Adan qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi. Bu yo‘l orqali Saudiya Arabistoni nefti va jahon yuk tashish hajmining katta qismi o‘tadi. Bob al-Mandeb Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan keyin dunyodagi eng muhim ikkinchi energiya yo‘lagi hisoblanadi.

Kiritildi: 20:42 20.07.2026. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!