Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xorazmga 47 dona zamonaviy avtobus olib kelindi

Xorazmga 47 dona zamonaviy avtobus olib kelindi

Hududlarda jamoat transporti parkini zamonaviy harakat tarkibi bilan yangilash ishlari jadal davom etmoqda.

Jamoat transportida brutto shartnoma timining joriy etilishi hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar parkini yangilashga katta turtki berdi.

2023 yildan buyon Respublikamiz hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) tadbirkorlar tomonidan 2 000 dan ortiq avtobuslar sotib olindi. Natijada millionlab yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati va qulaylik darajasi oshdi.

Xususan, Xorazm viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Xorazm Dovud servistrans" MCHJ, "Bunyod avto Urganch" MCHJ tomonidan "Zhongtong" rusumli 32 dona hamda "Ancient Khorezm Oasis" MCHJ tomonidan esa 15 dona "Yutong" rusumli avtobuslar xarid qilindi.

Yangi olib kelingan avtobuslar Urganch shahar ichi yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon tadbirkorlar tomonidan sotib olingan avtobuslar soni 139 taga yetkazildi.

Kiritildi: 16:45 24.09.2026. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!